18-oktabr, shanba kuni “Rossiya 1” telekanali “O‘zbekiston. Qumliklar marvaridi” nomli hujjatli film namoyish etadi. Bu haqda telekanal rasmiy sayti xabar bermoqda.
“Bu yerdan qachonlardir Yevropa va Osiyoni birlashtiruvchi Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan. Ming yillar davomida hukmdorlar o‘zgardi, shaharlar buzilib, yana qayta tiklandi. Bu zaminda buyuk olimlar — Ibn Sino, Beruniy va Ulug‘bek, shoir Navoiy tug‘ilgan. Bugun esa xuddi ming yillar avvalgidek sahrolar o‘rtasida gullab turgan o‘lka — zamonaviy O‘zbekiston o‘z tarixini g‘urur bilan yodga oladi va kelajakka ishonch bilan qaraydi”, — deyiladi xabarda.
Ko‘rsatuv 18-oktabr kuni 11:55 da (Toshkent vaqti bilan 12:55 da) efirga uzatiladi.
Izoh (0)