Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Husayn Amir Abdullohiyan Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirining Suriyadan Eron “okkupatsiya kuchlari”ni chiqarib ketish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Eron islom respublikasi terrorchilikka qarshi kurashga qo‘shilgan mintaqadagi eng muhim davlatdir. Eron Iroq va Suriya hukumatlari va xalqlariga xalqaro qoidalar doirasida terrorchilikka qarshi kurashishda yordam bermoqda”, — dedi Husayn Amir Abdullohiyan.
“Biz Saudiya Arabistoniga mintaqa dushmanlari fitnalariga e’tibor qaratishni va ijobiy rol o‘ynashni maslahat beramiz”, — deya qo‘shimcha qildi Eron tashqi ishlar vazirligi vakili.
Avvalroq Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Saud Al Feysal, agar Eron Suriyadagi masalani hal qilishda ishtirok etmoqchi bo‘lsa, u o‘z qo‘shinlarini ushbu mamlakatdan olib chiqib ketishi kerakligini aytgan edi.
Izoh (0)