Tojikistonning Xatlon viloyati Vaxsh tumanida “Ko‘knor — 2014” operatsiyasi davomida Narkotiklar ustidan nazorat bo‘yicha agentlik boshqarmasi xodimlari tomonidan Qo‘rg‘ontepa shahridagi “Abubakri Siddiq” jome’ masjidi imom-xatibi qo‘lga olindi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
36 yoshli imom-xatib uyida tintuv qilinganida 4 qutichada va 1 sellofan paketda opium topilgan.
Dastlabki tergov natijalarga ko‘ra, imom-xatib narkotiklarni o‘zi ham qabul qilgan, boshqa iste’molchilarga ham sotgan. Tezkor-qidiruv choralari orqali ikki nafar opiy yetkazib beruvchilar hibsga olingan. Ularga nisbatan “Sotish maqsadida narkotik vositalar yoki psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)