MDH davlatlari o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2014-yilning birinchi yarmida tashqi sabablar tufayli ham, Hamdo‘stlikdagi qator davlatlarning boshqa bozorlarga e’tibor qaratgani tufayli ham pasayib ketdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning MDH sammitidagi nutqiga tayanib “RIA Novosti” xabar berdi.
“Birinchi yarim yillikda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar aylanmasi 9 foizga — 111 milliard dollargacha tushib ketdi. 2013-yilning shu davrida u 123 milliard dollarga, butun yil davomida esa 235 milliard dollarga teng bo‘lgan. Bu raqamlar asosan noqulay tashqi ahvol bilan bog‘liq. Shu bilan birga ular Hamdo‘stlikning ba’zi ishtirokchilari iqtisodiy prioritetlarining o‘zgarishi oqibati hamdir”, — dedi Putin.
Izoh (0)