Xitoy Panosiyo investitsion moliyaviy instituti — Osiyo Infratuzilmaviy Investitsion Banki (OIIB)ni ochmoqchi. Uni rivojlantirish uchun mamlakat 50 milliard dollar sarflaydi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” The International Business Times nashriga tayanib.
Bank maqsadi mintaqadagi telekommunikatsion, energetik va infratuzilmaviy loyihalarga moliyaviy yordam taqdim etishdan iborat bo‘ladi. Allaqachon 21 ta davlat, jumladan Hindiston, Singapur va Tailand ushbu tashkilotga qiziqish bildirdi. Bu AQSh va Yaponiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Osiyo Taraqqiyot Banki faoliyatiga xavf soladi hamda dunyodagi kuchlarning geopolitik muvozanati Xitoy ta’siriga yon bosganini haqida ogohlantiradi.
Ekspertlar fikricha, Xitoy OIIB orqali AQShning mintaqadagi ta’sirini pasaytirmoqchi.