O‘zbekiston va Jazoir Sayyoraning bugungi imkoniyatlariga to‘liq muvofiq ravishda yashamoqda, Butunjahon yovvoyi tabiat fondi (WWF)ning “Tirik tabiat” ma’ruzasidagi ma’lumotlar bundan darak bermoqda, deb yozadi 12news.uz.
“Tirik tabiat” sayyoramizning holati haqidagi dunyoda eng ko‘p murojaat etiladigan manbalardan biridir. U Yer “salomatligi”ni ikkita asosiy ko‘rsatkich: tirik tabiat indeksi va kishilarning atrof-muhitga ta’siri darajasi bo‘yicha baholaydi. Ma’ruza ikki yilda bir marta e’lon qilinadi.
WWF ekspertlari ma’lumotlariga ko‘ra, agar har bir kishi Quvaytdagi o‘rtahol fuqaro darajasida iste’mol qilsa, insoniyatga taxminan 5,8 ta sayyora kerak bo‘lar edi. Ushbu ko‘rsatkich Qatar fuqarosiga nisbatan 4,8, amerikalikka — 3,9, rossiyalikka nisbatan esa 2 ta sayyoraga tengdir.
“Armaniston, Indoneziya, Peru, Marokko va boshqa o‘nlab davlatlar aholisi esa Sayyora taqdim etganidan ko‘ra kamroq manbalardan foydalanadi”, — deyiladi ma’ruzada.
O‘zbekiston kishi boshiga to‘g‘ri keladigan atrof-muhitga ta’sir darajasi bo‘yicha jahonda 89-o‘rinni, biosig‘im bo‘yicha esa 105-o‘rinni egalladi.
Izoh (0)