Xitoyning ZTE kompaniyasi O‘zbekistonda videotelefoniya uchun mo‘ljallangan qurilmalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda ZTE Investment kompaniyasi vakiliga tayanib, “Podrobno” xabar berdi.
“Biz ‘O‘zbektelekom’ bilan hamkorlikda yangi korxona ochmoqchimiz. Ayni paytda O‘zbekiston tomoni bilan muzokaralar olib borilmoqda. Ishlab chiqarish ‘Jizzax’ erkin industrial zonasida joylashadi”, — dedi kompaniya vakili.
Uning aytishicha, yangi qurilmalar “O‘zbektelekom” faollik bilan rivojlantirayotgan NGN yangi avlod tarmoqlariga asoslanadi. Ular, birinchi navbatda, korporativ segmentga mo‘ljallanadi.
Izoh (0)