Bugun, 30-sentabr kuni yangi avlod Italiya kinematografi yorqin namoyondasi Monika Beluchchi 50 yoshni qarshi oldi, deya xabar bermoqda “ITAR-TASS”.
O‘zining tan olishicha, uni bunday yosh xavotirga solmayapti: “Men tirikman, sog‘lomman, jonimdan ortiq ko‘radigan ikki farzandim bor. Ayni paytda o‘z hayotimdan mamnunman”.
Aktrisa nafaqat italyan filmlarida, balki Yevropa, ayniqsa Fransiya kinosida faol suratga tushadi. Uni bir necha marta Gollivudga ham taklif qilishgan.
Beluchchining so‘nggi ijodi — o‘z hamyurtining “Mo‘jizalar” kartinasidagi roli bo‘ldi. Film Kann kinofestivalida Gran-prini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)