Gollivudning mashhur aktrisasi Nikol Kidman otasidan ayrilib qoldi. “Segodnya” nashrining xorij OAVlariga tayanib xabar berishicha, Entoni Kidman baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan. Biroq tafsilotlar turli manbalarda turlicha keltirilmoqda.
Avstraliyadagi OAV vakillaridan biri uning yiqilish natijasida vafot etganini qayd etgan. Ma’lum bo‘lishicha, Entoni Kidman ikkinchi qizi Antoniyaning uyiga mehmonga borganida yiqilib tushgan va biroz vaqt o‘tib hayotdan ko‘z yumgan.
Britaniyaning Daily Mail gazetasi esa doktor Kidmanning yo‘l halokatida o‘lganini ta’kidlamoqda.
Ayni paytda Nikol Kidman vakillari qayg‘uli hodisa yuzasidan izoh berganicha yo‘q. Ular tez orada OAVlarga aslida nima bo‘lgani to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishi kutilmoqda.
Izoh (0)