Yaqinda taniqli pop-qo‘shiqchi Jastin Biber yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Uning qimmatbaho Ferrari avtomobiliga qo‘shiqchini ta’qib etayotgan paparatssi mashinasi kelib urildi. Hodisada Biberga ziyon yetmadi, deya xabar bermoqda Segodnya.ua.
Keyinroq Jastin o‘z blogida vaziyatni yoritib berdi va uni 1997-yilda malika Diana bilan sodir bo‘lgan halokatga qiyosladi.
Nashrning eslatishicha, o‘shanda Diana o‘tirgan avtomobil haydovchisi paparatssi ta’qibidan katta tezlikda harakatlanib qochmoqchi bo‘lganida boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada avtomobil ko‘prik tirgagiga kelib urilgan, malika Diana voqea joyida vafot etgan.
“Men hozirgina boshdan kechirgan hodisaga qarshi qandaydir qonun bo‘lishi kerak. Malika Diananing o‘limi bizni nimagadir o‘rgatishi kerak edi...”, — deb yozdi Biber o‘z blogida.
Izoh (0)