Portugaliya poytaxti Lissabonda “Vera” 8-Xalqaro tasviriy san’at festivalida g‘ijduvonlik Alisher Narzullayev kulolchilik yo‘nalishida Gran-pri sohibi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi matbuot markazi xabar berdi.
17—21-sentabr kunlari o‘tkazilgan festivalda Portugaliya, Rossiya, Ukraina, Chexiya, Isroil, Fransiya, Germaniya, Ozarboyjon, Turkiya, Avstriya, Eron va O‘zbekistondan 87 nafar rassom ishtirok etdi.
O‘zbekistondagi eng taniqli kulollardan biri Alisher Narzullayev 1953-yilda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. U “Xalqaro usta” sertifikatiga ega bo‘lib, hujjat YuNESKO Bosh direktori Federiko Mayor tomonidan shaxsan topshirilgan.
2002-yilda Alisher Narzullayev “O‘zbekiston Xalq ustasi” unvonini qo‘lga kiritgan, 2003-yilda esa O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigiga aylangan.
Izoh (0)