AQShning Mayami shahri tungi klublaridan birida yakshanba oqshomida sodir bo‘lgan otishma natijasida 15 kishi, jumladan bolalar jarohat olgan, deb xabar bermoqda BBC.
Hodisa haqidagi xabar mahalliy vaqt bilan tungi soat 1:00 (Toshkent vaqti bilan kunduzgi 10:00)da kelib tushgan. Mayami politsiya boshqarmasi matbuot kotibi Frederik Burdenning so‘zlariga qaraganda, o‘qotar quroldan 11 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 15 kishi jarohat olgan. Ulardan birining ahvoli o‘ta og‘ir. Jabrlanganlarning kamida yarmining yoshi 18 ga yetmagan.
Politsiya hujum qilganlarning soni va otishma sabablarini aniqlashga urinyapti. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bolalar va o‘smirlar bunday kech vaqtda tungi klubda nima sababdan bo‘lganlari ma’lum emas.
Izoh (0)