Ukraina Rossiya gazini Yevropa narxida sotib olishga rozi, deya xabar bermoqda Korrespondent.net Ukraina energetika va ko‘mir sanoati vaziri Yuriy Prodan bayonotiga tayanib. U 26-sentabr kuni Berlinda bo‘lib o‘tgan Yevroittifoq va Rossiya bilan uch tomonlama muzokaralardan oldin bu haqda aytib o‘tdi.
Jurnalistlarning qanday narx adolatli bo‘lishi haqidagi savollariga javoban, vazir Yevropa birjalaridagi narxlarni tilga olgan. “Yevropa bozorlaridagi narxlar (adolatlidir). Shu narx bo‘yicha to‘lashga tayyormiz”, — dedi Prodan.
O‘z navbatida, Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak muzokaralar oldidan jurnalistlarga RF, Yevropa komissiyasi va Ukraina vakillari Berlindagi uchrashuvda Ukraina qarzdorligini joriy shartnomalar bo‘yicha yopish, Yevropaga gaz tranzitining ishonchliligi va boshqa masalalarni ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.
Izoh (0)