Gretsiyada 45 yoshli ayolni tiriklayin dafn qilishdi, deya xabar bermoqda NTV.
Shifokorlar saratonga yo‘liqqan ayolning vafotini qayd etgach, uni dafn qilish marosimi boshlanadi. Biroq jasadni ko‘mib bo‘lishganidan so‘ng qabrdan dod-faryod va tuq-tuq ovozlari eshitila boshlaydi. Bu marosimga yig‘ilganlar orasida vahimani keltirib chiqaradi. Odamlar qabrni ochish uchun yerni kovlashga kirishadi, biroq ayol allaqachon halok bo‘lganini ko‘rishadi.
Voqea joyiga yetib kelgan tibbiyot xodimi tiriklayin ko‘milgan ayol nafas qisilishidan vafot etganini aytdi. Endi gretsiyalik ayolning oilasi uni davolagan shifokor ustidan sudga arz qilmoqchi.
Ayni paytda qabriston xodimlari huquqni muhofaza qilish organlariga ko‘rsatmalar bermoqda. Ularning aytishicha, ayol bir soatlar chamasi yordam so‘rab, baqirib-chaqirgan.
Izoh (0)