O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2014-yil 25-sentabr kuni “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi, deya xabar bermoqda UzReport. Hujjat shu yilning 18-iyunida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 28-avgustda Senat tomonidan ma’qullangan.
Ushbu Qonunning maqsadi ijtimoiy sheriklik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Hujjatga muvofiq, davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdagi hamkorligi ijtimoiy sheriklik hisoblanadi.
Qonunda ish bilan ta’minlash, bandlikka ko‘maklashish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, atrof-muhit va aholi salomatligini asrash, shu orqali onalik va bolalikni, ayollar huquqlarini himoya qilish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ijtmoiy faolligini oshirish kabi muhim masalalar huquqiy jihatdan tartibga solingan.
Ushbu qonun 2015-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Izoh (0)