O‘zbekistonda tashqi internet kanali tezligi soniyasiga 12 740 Mbitni tashkil etadi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi.
Qo‘mita ushbu sohadagi boshqa qator raqamlar bilan ham bo‘lishdi. Jumladan, aholining 45 foizi raqamli televideniye bilan qamrab olingan.
Mamlakatdagi provayderlar va operatorlar soni esa 924 tani tashkil etadi.
O‘zbekistondagi jami abonentlar soni har 100 kishiga 36,52 kishini tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich statsionar telefon aloqasi bo‘yicha (har 100 kishiga) 7 kishi, mobil aloqa bo‘yicha 66 kishi, statsionar keng polosali internet bo‘yicha 1,2 kishi, simsiz keng polosali internet bo‘yicha esa har 100 kishiga 20,6 kishiga tengdir.
Izoh (0)