Navoi kon-metallurgiya kombinati 2014—2016-yillarda Zarmitan konidagi Gidrometallurgik zavod—4 da oltin qazib olishni ko‘paytirishga 112,3 million dollar investitsiya kiritadi. Bu haqda Gazeta.uz xabar bermoqda.
Zavodni rivojlantirishning yaqin uch yilga mo‘ljallangan dasturi Oraliq konida qazib olish majmuasini qurishni, Chormitan konida yangi balandliklarni ochishni ko‘zda tutadi. Dasturning amalga oshirilishi GMZ-4 ning qayta ishlash quvvatini 30 foizga — yiliga 1,8 million tonna rudagacha oshirish imkonini beradi.
Ta’kidlash joiz, Zarmitan koni Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida joylashgan Gidrometallurgik zavod—4 ning resurs markazi hisoblanadi. Yangi investitsiya loyihasiga ko‘ra, 2014—2016-yillarda Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati tomonidan 660 va 600 metrdan ziyod yerosti yo‘llari qaziladi va konlar ochiladi.
2007-yilda Zarmitan qo‘rg‘onida 300 million dollar evaziga oltin qazib olish majmuasi qurilishi boshlangan edi. Bugungi kunda ushbu majmua bir yilda bir million tonna ruda qazib oladi.
Izoh (0)