O‘zbekiston vakili Ruslan Chagayevni bundan buyon germaniyalik Frits Zdunek shug‘ullantiradi. U Ruslanni Fres Okendo bilan jangga tayyorlagandi. Faqat o‘shanda Zdunek ikkinchi murabbiy vazifasini bajargan edi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Bu mutaxassis o‘z vaqtida Vitaliy Klichkoning ham mashg‘ulotlarini tashkil etgan. Chagayevning menejeri Timur Dugazayev yangi murabbiy bilan ishlash Ruslanga muvaffaqiyat olib kelishiga ishonch bildirdi.
Izoh (0)