Kecha, 19-sentabr kuni Janubiy Koreyaning Incheon shahrida XVII Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Sports.uz.
Ushbu Osiyo o‘yinlarida 45 davlatdan kelgan sportchilar sportning 36 yo‘nalishida 439 ta medallar shodasi uchun kurash olib borishadi. 15 kun davom etadigan musobaqada 9500 nafar atletlar o‘z omadlarini sinab ko‘rishi kutilmoqda.
Bugun ertalabdan esa dzyudo, gandbol, akademik eshkak eshish, o‘q otish, sinxron suzish, suv polosi, velotrek, qilichbozlik, tennis kabi sport turlarida atletlar ishtiroklarini boshlab yuborishdi.
Izoh (0)