Bugungi kunda Xorazm viloyatida respublikada yagona bo‘lgan trolleybus yo‘nalishi faoliyat olib boradi. U Urganch va Xiva oralig‘ida qatnaydi. “Xorazm trolleybus boshqarmasi” korxonasi mutaxassislari ayni paytda yangi trolleybus yo‘nalishi ustida ish olib bormoqda. U Urganch bo‘ylab halqa yo‘lida harakatlanadi. Bu haqda Uzbekistan Today xabar berdi.
“Dastlab yangi yo‘nalishda eski trolleybuslardan foydalanamiz, ularni keyinchalik yangilari bilan almashtiramiz”, — deya aniqlik kiritdi “Xorazm trolleybus boshqarmasi” direktori Ruslan Ro‘zmetov.
Keyinchalik yana ikkita yo‘nalishni ishga tushirish rejalashtirilgan. Ulardan biri shahardagi markaziy ko‘chalardan biri orqali o‘tadi. Ikkinchisi shahardagi eng yirik ikki bozorni birlashtiradi.
Ro‘zmetovning aytishicha, bu yil korxona zarariga ishlashdan to‘xtagan. “Xarajatlar va real tushumlar o‘rtasidagi deyarli 30 foizga teng farqni mavjud moddiy-texnik bazadan samarali foydalanish orqali qoplamoqdamiz, — dedi u. — Tolleybus parkida katta avtobus va avtomobillarni yuvish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu nafaqat trolleybus harakatini tashkil etish xarajatlarini qoplaydi, balki uni rivojlantirish uchun rejalarni amalga oshirishga ham imkon beradi”.
Izoh (0)