Kelasi yil boshigacha Farg‘onada 60 kilometrga yaqin vodoprovod tarmoqlari rekonstruksiya qilinadi. Ushbu loyiha Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida amalga oshirilmoqda, deya xabar berdi “Pravda Vostoka”.
Yigirmaga yaqin uchastkalarda shaharliklar, ishlab chiqarish va ijtimoiy-maishiy obyektlarga uzluksiz suv yetkazib berish muammosi hal qilinib bo‘lgan. O‘z xizmat muddatini o‘tagan suv manbalari yangilariga almashtirildi, natijada elektr quvvati xarajati ancha kamaydi.
Topografik syomkalar, mutaxassislarning sifatli tayyorlangan gidrogeologik xulosalari ish sur’atlarini oshirmoqda. Bundan tashqari, Farg‘onani rekonstruksiya qilish bosh loyihasi amalga oshirilishi natijasida ellikta mini-bog‘ hududlari yetarli miqdordagi suv bilan ta’minlanmoqda.
Izoh (0)