Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida yangi Nokia X2 smartfonining sotuvi boshlandi. U Nokia brendi ostida ishlab chiqarilgan so‘nggi smartfonlardan biri bo‘lishi mumkin. Bu haqda Mobinfo.uz sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Nokia X2 Android operatsion tizimida ishlaydi va oldingi Nokia X hamda Nokia XL smartfonlaridan katta farq qiladi. U kristal dizaynda va unda Nokia X’dan farqli Home tugmasi o‘rnatilgan.
Yangi smartfonda 4,3 dyuym 480×800 pikselli displey, 1,2 GGs chastotaga ega ikki yadroli Snapdragon 200 protsessori, 0,3 megapikselli old va 5 megapikselli orqa kamera, 1 Gb tezkor xotira (Nokia X’da 512 Mb), 1800 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilgan.
Uning o‘lchamlari 121,7×68,3×11,1 millimetrni, og‘irligi esa 150 grammni tashkil etadi. U ikkita SIM-kartada ishlay oladi.
14-sentabr holatiga ko‘ra Nokia X2 smartfoni “Fleshka” savdo majmuasida 530 000 so‘mdan sotilmoqda. Nokia X smartfonini esa 400 000 so‘mdan sotib olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Microsoft kompaniyasi yangi ishlab chiqariladigan mahsulotlarida Nokia brendi nomidan foydalanmasligi mumkin. Shuningdek, kompaniya Windows Phone operatsion tizimini ham Windows deya nomlashi kutilmoqda.
Izoh (0)