• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Mirjalol Qosimov: “Agar sening ortingdan gapirishayotgan bo‘lsa, demak sen oldindasan”

    O‘zbekiston — Yangi Zelandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinidan avval tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va yarim himoyachi Temur Kapadze ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.

    Mirjalol Qosimov. Foto: fcbunyodkor.com

    Mirjalol Qosimov. Foto: fcbunyodkor.com

    Mirjalol Qosimov ertangi Yangi Zelandiya bilan bo‘ladigan uchrashuv haqida fikr bildirar ekan, raqib ancha intizomli jamoa ekani, yevropacha o‘yin namoyish qilishi haqida aytdi. “O‘ylaymanki, ertaga muxlislarga yoqadigan o‘yin bo‘ladi”, — dedi murabbiy.

    Temur Kapadze ham ertaga muhim va qiziqarli bahs kutib turgani, o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish vaqtida raqib yaxshilab o‘rganib chiqilgani va muxlislarga g‘alaba taqdim etish uchun O‘zbekiston jamoasi qo‘ldan kelgancha harakat qilishini qayd etdi.

    Suhbat chog‘ida Yangi Zelandiyaga qarshi o‘yin raqib taklif etgan uslubdan kelib chiqib tashkil etilishi ta’kidlandi.

    Mirjalol Qosimov terma jamoaning hujumida muammolar borligiga qaramay, yarim himoya kuchli ekanini aytib, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Aziz Haydarov, Temur Kapadze kabi kuchli futbolchilar gol kiritishda hujumchilarga yaqindan yordam berishiga ishonch bildirdi.

    Murabbiy raqib jamoaning saviyasi yuqori ekanligini qayd etib, Yangi Zelandiya tarkibidagi bir qator futbolchilar Angliya, Germaniya, Norvegiya chempionatlarida to‘p surishi, himoyada tartibli harakat qilishi, hujumga o‘tilganda, yarim himoya oldingi chiziqdagilarga katta yordam berishini ma’lum qildi. “Ularning Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini ko‘rib chiqdik. Ayniqsa, menga ularning 20-raqamda o‘ynaydigan futbolchisi yoqdi. Bo‘yi baland bo‘lishiga qaramay, yengil harakat qilar ekan. Juda tezkor futbolchi. Shuningdek, yangi zelandiyaliklar standart vaziyatlarda ham yaxshi harakat qiladi”, — dedi Qosimov.

    U, shuningdek, O‘zbekiston termasidagi xatoliklar ustida, xususan, burchak to‘plari, standart vaziyatlar borasida ishlanayotganini ta’kidladi.

    Temur Kapadze jarohati tufayli tanaffus qilishga majbur bo‘lgani haqida aytar ekan, uning ancha foydali o‘tganini qayd etdi. “Ishtiyoqqa to‘lib qaytdim. Har qanday futbolchi termaga chaqirilganidan xursand bo‘ladi. Men ham yana chaqiruv olganimdan juda xursandman. Bor kuchimni sarflab terma jamoa g‘alabalariga hissa qo‘shishga tayyorman”, — dedi Kapadze.

    Futbolchi O‘zbekistonda pley-off tizimini yo‘lga qo‘yish g‘oyasini ma’qullab, bu tizim futbolchilar uchun jismoniy holatlarini bir maromda ushlab turishga yordam berishini ta’kidladi. “Shuningdek, klublarda ham chempionlik uchun kurashishda imkoniyat so‘nggi turgacha davom etardi. Masalan, bu tizimda ikki davra yakuniga ko‘ra beshinchi yo oltinchi o‘rinni olgan jamoa pley-offda yuqoriroq o‘rinlar uchun, hattoki, chempionlik uchun kurashishi mumkin”, — deb qayd etdi Kapadze.

    Mirjalol Qosimovning “Million” guruhi konsertida ancha tanqid ostiga olingani, Iordaniyaga qarshi o‘yinda ham “Bolalarda ayb yo‘q” degan yozuv tushirilgan futbolkalar stadionda sotilgani bilan bog‘liq savolga bosh murabbiy bu kabi holatlarga ahamiyat bermaslikka harakat qilishini aytdi: “Bitta gap bor: agar sening ortingdan gapirishayotgan bo‘lsa, demak sen oldindasan. Bu kabi holatlardan yuqoriroq turishga intilaman. El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi.

    Yaqinda bir tadbirda o‘sha ‘Million’ guruhi yigitlari bilan uchrashib qoldik. Ular mendan kechirim so‘radi. Ularni ham tushunaman. Tirikchilikning aybi yo‘q. Ularning ishi shu — odamlarni kuldirib, pulini olish. Biz ham o‘z ishimizni qilyapmiz. Bitta narsani ta’kidlab o‘tmoqchi edim, hech qachon qilayotgan ishimdan uyalmayman. Balki qayerdadir xatolarga yo‘l qo‘yayotgandirmiz, balki hammasi biz kutgandek chiqmayotgandir. Lekin hamisha o‘z ishimga sidqidildan yondoshib, halol ishlashga harakat qilaman”, — deya Qosimov o‘z fikrini yakunladi.

    07.09.2014, 18:50   Izoh (0)   13576
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Saratonga chalingan 13 yoshli bola “Vilyarreal”ning asosiy tarkibida maydonga tushib, gol urdi (video)

    06.09.2014, 09:48

    Elbek Aliqulov Rossiyadagi shaxmat musobaqasida g‘olib bo‘ldi

    04.09.2014, 10:35

    “Sport” telekanali Ravshan Ermatov boshqaradigan Rossiya — Ozarbayjon uchrashuvini translyatsiya qilishni rejalashtirmayapti

    03.09.2014, 16:07

    Yozef Blatter: “JCh — 2018’ni Rossiyadan boshqa davlatga ko‘chirish haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas”

    03.09.2014, 11:02

    O‘zbekiston — Yangi Zelandiya uchrashuvini Ravshan Ermatov boshqaradi

    02.09.2014, 12:46

    O‘zbekiston — Iordaniya uchrashuvi chiptalari sotuvi davom etmoqda

    02.09.2014, 11:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Chorvoq suv omboriga ayrim dachalardan quvur orqali suv oqizilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 10:35

    Tramp Putin bilan kelasi hafta uchrashishini aytdi

    Dunyo | 7 avgust, 10:22

    “Real Madrid” Kroos va Modrichga munosib o‘rinbosar topdi

    Sport | 7 avgust, 10:16

    Yaponiya hukumati haqiqiy o‘q uzishi mumkin bo‘lgan 16 mingta o‘yinchoq to‘pponchani sotuvdan olib tashlaydi

    Qo‘ziqorin | 7 avgust, 10:00

    Afrikada buqa ovga chiqqan millionerni shoxlab o‘ldirdi

    Dunyo | 7 avgust, 09:45

    Samarqandda oltin maʼdanlari joylashgan maxfiy xaritalarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 09:36

    “PSJ” Rodrigoni Bredli Barkolyaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda

    Sport | 7 avgust, 09:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.