O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi Farmoni bilan Ichki ishlar vaziri general-mayor Adham Ahmedboyev maxsus “general-leytenant” unvoni va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbari polkovnik Mirsamad Odilov maxsus “general-mayor” unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, Adham Ahmedboyev va Mirsamad Odilov O‘zbekistonda tinchlik va osoyishtalikni muhofaza qilish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda qonunchilik va huquq-tartibot tizimini mustahkamlashda fidokorona xizmat qilgani uchun, shuningdek, mamlakat mustaqilligining 23 yilligini nishonlash munosabati bilan mukofotlandi.
Izoh (0)