Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 7-avgust kuni Rossiyaga olib kirilishi taqiqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini tasdiqlaydi. Bu haqda Rossiya hukumati rahbarining matbuot kotibiga tayanib, Gazeta.ru xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 6-avgust kuni Vladimir Putin Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar joriy etgan mamlakatlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xomashyo va oziq-ovqat import qilishni taqiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan va taqiq ostiga tushadigan mahsulotlar ro‘yxatini tuzib chiqish haqida ko‘rsatma bergan edi.
Izoh (0)