Isroil va Falastin yangi 72 soatlik yarash sulhi haqida kelishib oldi. U Toshkent vaqti bilan 5-avgust 14:00 da boshlanadi. Bu haqda misrlik mansabdorlarga tayanib, Agence France-Presse xabar berdi.
Tez orada har ikkala davlat vakillari keng qamrovli yarash sulhi doirasida qon to‘kilishini to‘xtatishga yo‘naltirilgan Misr tashabbusida ishtirok etish uchun Qohiraga yetib kelishi kutilmoqda.
Nashrning eslatishicha, 1-avgust kuni G‘azo sektorida 72 soatlik o‘t ochishni to‘xtatish joriy qilingan, biroq u HAMAS guruhi vakillari tomonidan buzilgan edi.
Izoh (0)