4-avgust, dushanba kuni Livan armiyasi mamlakat shimoli-sharqidagi joylashgan o‘rnini mustahkamlashga kirishdi. Bunga livanlik chegarachilar blok-postlariga suriyalik qurollangan isyonchilar hujumi sabab bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlar chog‘ida kamida 13 nafar livanlik harbiylar va 50 dan oshiq suriyalik hujumchilar halok bo‘lgan.
Euronews xabar berishicha, mo‘tadil sunniy Tammam Salam boshqaradigan Livan hukumati radikal sunniylarga qarshi kurash uchun barcha kuch tuzilmalari safarbar etilishini e’lon qildi.
Livan bosh vaziri arab jamoatchiligi hayotiga dushmanlik ruhidagi diniy shiorlar bilan suqilib kirayotgan aqidaparastlar muammosining hech qanday siyosiy yechimi yo‘qligini aytdi.
Izoh (0)