2014-yil 29-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda vazir o‘rinbosari etib tayinlangan Alisher Kurmanov tanishtirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati xabar berdi.
Alisher Kurmanov 2013-yil dekabr oyida O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan. Bundan avval u Singapur va Avstraliyada ham elchi lavozimida faoliyat olib borgan.
O‘zbekistonning Koreyadagi elchisi etib kim tayinlangani haqida hozircha ma’lumot berilmadi.
Izoh (0)