2014-yil 29-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Lloyd Jey Ostin III bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida tomonlar o‘zbek-amerika munosabatlari bo‘yicha alohida masalalarni muhokama qildi, qator xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha fikr almashdi.
Suhbatda AQSh muvaqqat ishlar vakili Filip Kaznet ham ishtirok etdi.
Izoh (0)