Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Xitoy, AQSh va Yaponiya geofizik olimlari Oy yadrosi suyuq qatlam bilam o‘ralganligini ko‘rsatib berishdi. Mualliflar kompyuter orqali modellashtirish natijasida bunday xulosaga keldi. Tadqiqot Nature Geoscience jurnalida e’lon qilindi.

Foto: slate.com

Foto: slate.com

Oy yadrosi va pastki mantiyasi orasida yopishqoq muhit mavjud bo‘lib, u yadroni notekis yopib turadi. Ana shu muhit suyuq qatlamdir. U tufayli zilzila to‘lqinlari so‘nadi.

Yupqa suyuq qavatning paydo bo‘lishiga, olimlar fikricha, Oy qa’ridagi ishqalanish sabab bo‘lgan, u esa o‘z navbatida Yerdagi gravitatsiya ta’sirida sodir bo‘ladi. Modellashtirish natijasida Oy yadrosi Yerga nisbatan aylanib, harakatda bo‘lib turishi aniqlandi. Suyuq qatlam esa uning silliq harakatlanishini ta’minlaydi.

Olimlar endi ushbu nazariyani tekshirib ko‘rishi kerak bo‘ladi. Biroq u tasdiqlangan taqdirda ham, suyuq qatlam 4,5 milliard yil avval Yer-Oy tizimi shakllanganidan buyon qotib ketmagani haqidagi savol ochiq bo‘lib qoladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi