Astraxan yaqiniga qulagan MiG-29 samolyotining uchuvchisi havo kemasini qutqaraman deb, halok bo‘ldi. Bu haqda “Vesti” xabar berdi.
Samolyot o‘quv mashg‘ulotlari bajarilayotgan vaqtda Astraxandan 30 kilometr uzoqlikda, turar joy puktlaridan chetroqqa quladi.
Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkovning ma’lum qilishicha, parvozlar rahbari uchuvchiga katapulta vositasida samolyot bortini tark etishi haqida buyruq bergan, biroq uchuvchi samolyotni asrab qolish uchun shturvalni qo‘yib yubormagan va natijada halok bo‘lgan.
Mahalliy aholidan hech kim jabr ko‘rmadi. Aviahalokatdan so‘ng boshlangan yong‘in 30 nafar o‘t o‘chiruvchi va yettita texnika yordamida o‘chirildi.
Voqea sodir bo‘lgan joyga Rossiya Mudofaa vazirligining komissiyasi yuborildi.
Izoh (0)