AQShning bir necha senatori mamlakat prezidenti Barak Obamadan o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan “Donetsk xalq respublikasi”ni terrorchilik tashkiloti sifatida tan olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga chaqirdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Ushbu masala bo‘yicha Obamaga yo‘llangan hujjat ostiga AQSh Senatining razvedka masalalari qo‘mitasi rahbari Diana Faynstayn, xalqaro aloqalar bo‘yicha qo‘mita raisi Robert Menendes va harbiy xizmat bo‘yicha qo‘mita boshlig‘i Karl Levin imzo qo‘ygan.
“Biz ‘Donetsk xalq respublikasi’ni xalqaro terrorchilik tashkiloti sifatida tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqishga chaqiramiz”, — deyiladi senatorlar bayonotida.
Izoh (0)