Shimoliy Koreya Nampxo tumani hududida Sariq dengizda yirik ko‘lamdagi harbiy o‘quv mashg‘ulotiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. Kiodo agentligining xabar berishicha, u AQSh va Janubiy Koreyaning avgustda bo‘lib o‘tadigan manyovrlariga javoban o‘tkaziladi.
Renxap agentligi yozishicha, KXDR 2—3 hafta avval ushbu hududga baravariga o‘q otish tizimini ko‘chirgan va u yerda tayyorgarlik sifatida o‘qlar otilmoqda.
Janubiy Koreya va AQSh doimiy manyovrlari shu yilning avgustida bo‘lib o‘tishi kerak.
Izoh (0)