Bugun, 21-iyulda bo‘lib o‘tgan G‘azo sektoridagi vaziyatga bag‘ishlangan favqulodda majlis yakunlariga ko‘ra, BMT Xavfsizlik kengashi mintaqada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda Gazeta.ru xabar berdi.
BMT Xavfsizlik kengashi a’zolari qurbonlar sonining o‘sib borayotganiga jiddiy xavotir bildirdi.
20-iyul kuni Falastin prezidenti Mahmud Abbos Pan Gi Mun bilan uchrashuvda favqulodda majlis o‘tkazishga da’vat qilgan edi. Ayni paytda G‘azo sektorida qurbonlar soni 469 kishiga yetgan.
Izoh (0)