Noma’lum xakerlar The Wall Street Journal nashrining Facebook’dagi sahifasiga buzib kirib, nashr nomidan bir nechta xabarlarni e’lon qildi. Bu haqda Mashable xabar berdi.
Xakerlar tomonidan e’lon qilingan birinchi xabarda AQSh prezidenti Barak Obamaning samolyoti Rossiya hududi ustidan uchib o‘tayotib aloqaga chiqmay qolgani qayd etildi. Bir necha daqiqadan so‘ng paydo bo‘lgan xabarda esa AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden 15 daqiqa ichida xalqqa murojaat qilib so‘zga chiqishi aytildi.
Xakerlar xabarlari o‘n daqiqa ichida sahifa ma’muriyati tomonidan o‘chirib tashlandi. Nashr xakerlar hujumiga uchraganini tasdiqladi. Oq uy bunday soxta xabarga hozircha rasman munosabat bildirmadi.
Izoh (0)