Airbus E-Fan elektr samolyot o‘zining ilk parvozini amalga oshirdi. U Parijdan 23 kilometr masofadagi Tussu-le-Nobl shaharchasida osmonga ko‘tarildi, deya xabar berdi Euronews.
E-Fan vintlarini akkumulyator batareyalaridan kuch oladigan elektr motorlar aylantiradi. Samolyot atrof-muhitga zarar yetkazmaydi. Fransiya ekologiya va energetika vaziri Segolan Ruayal E-Fan’ning dastlabki parvozini tomosha qilish uchun Tussu-le-Nobl aeroportiga tashrif buyurdi.
Yangi Airbus elektr samolyot kabinasida ikki kishi uchun joy bor. Uning uzunligi 6,7 metr, qanotlari qulochi 9,5 metr. Unda bir soat uchish atigi 2 yevroga tushadi.
E-Fan uchuvchilarni o‘qitish, planyorlarni shatakka olish va sport uchuvchilik san’ati uchun mo‘ljallangan.
Izoh (0)