BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Ukraina sharqidagi yarash sulhining 72 soatga uzaytirilganini ma’qulladi, shu bilan birga, zo‘ravonlikni uzil-kesil to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Hozircha o‘t ochishlar to‘liq to‘xtatilgani yo‘q. Blokpostlarga hujumlar va otishmalar kuzatilgan.
Pyotr Poroshenko buyrug‘iga ko‘ra 20-iyun kuni joriy etilgan otishmalarni to‘xtatish rejimi muddati juma kuni kechqurun tugadi. Shanbaga o‘tar kechasi Ukraina prezidenti yarash sulhini yana 72 soatga — Toshkent vaqti bilan 1-iyul 1:00 gacha uzaytirish haqida qaror qabul qildi.
Izoh (0)