Shved shahzodasi Karl Filipp o‘z sevgan qizi — model Sofiya Xellkvist bilan unashtirilgani haqida e’lon qildi. Bu haqda Qirollik saroyi saytida xabar berildi. Karl Filippning o‘zi ham Facebook’dagi sahifasida bu ma’lumotni tasdiqladi.
“Qolgan umrimizni birgalikda o‘tkazish taklifimga Sofiya “ha” deb javob berdi. Bugun biz uchun quvonchli kun”, — dedi shahzoda. Shu munosabat bilan juma kuni matbuot anjumani o‘tkazildi. To‘y kuni hozircha aniq emas, biroq marosim 2015-yil yoziga belgilangan.
Juftlik 2009-yilda Stokgolmdagi tungi klublardan birida tanishgan. Bir yil o‘tib, ular uchrasha boshlagan.
Karl Filipp opasi malika Viktoriya va uning qizi Esteldan so‘ng taxtga uchinchi navbatdagi da’vogardir.
Izoh (0)