Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli Milliy bog‘ hududida joylashgan City Makon ko‘ngil ochish majmuasi qaytadan ishga tushadi, deya xabar berdi “Kun” City Makonning Facebook’dagi sahifasi ma’lumotiga asoslanib.
Tez orada majmua hududidagi kinoteatr, qahvaxona, bar va bolalar maydonchasi, City Makonning Facebook’dagi sahifada yozilishicha, “juda tez orada” ishga tushadi.
City Makon majmuasi 2013-yilning noyabrida “ta’mirlash ishlari” sabab qisqa muddatga yopilgani e’lon qilingan, biroq bir necha oy davomida faoliyat olib borgani yo‘q. “Ta’mirlash ishlari”ning bu qadar uzoq davom etgani yoki boshqa sabablar borligi ma’lum qilinmagan.
E’tiborli tomoni, City Makon majmuasi Toshkentdagi boshqa bir ko‘ngil ochish joyi — Premier Hall bilan bir vaqtda yopilgandi. Bir necha oylik tanaffusdan so‘ng 12-iyun kuni Premier Hall yana o‘z faoliyatini qayta boshladi.
Izoh (0)