11-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining Italiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi (qarorgohi Parijda) Ravshan Usmonov Italiya Respublikasi Prezidenti Jorjo Napolitanoga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Jorjo Napolitano siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi o‘zbek-italyan munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini ijobiy baholadi.
Italiya prezidenti, shuningdek turli yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish imkoniyatlari borligini ta’kidladi.
Nashrning eslatishicha, Ravshan Usmonov (1978-yilda tug‘ilgan) 2012-yil 31-avgustdan O‘zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi elchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 2013-yil 30-oktabrdan u O‘zbekistonning Portugaliyadagi elchisi bo‘lib ham faoliyat yuritmoqda.
Izoh (0)