“Markaziy Ippodrom” Ochiq aksiyadorlik jamiyati 27 milliard so‘mlik aksiyalarni tarqatadi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi “Markaziy Ippodrom” OAJ emissiyalari (qimmatli qog‘ozlar) prospektini ro‘yxatga oldi.
Emissiyalar doirasida kompaniya har biri 500 so‘m nominaliga ega 54 millionta oddiy aksiyalarni chiqaradi. Ularning umumiy qiymati 27 milliard so‘mga teng.
Chiqariladigan aksiyalarning tarqatilishi qimmatli qog‘ozlarning birja va birjadan tashqari bozorlarida ochiq obuna yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Izoh (0)