AQShda kimyogar va parapsixolog Aleksandr Imich 111 yoshida vafot etdi. Bu haqda NBC xabar berdi.
2014-yil aprelida Imich Ginnesning Rekordlar kitobiga dunyodagi eng keksa kishi sifatida kiritilgan edi.
Asil sharifi Imix bo‘lgan qariya hozirgi Polsha hududida tug‘ilgan. Zoologlik bo‘yicha o‘qigan, keyin kimyo bilan shug‘ullangan. Urush yillarida O‘zbekistonda yashab, so‘ng Polshaga qaytib borgan, 50-yillar boshida esa AQShga ko‘chib ketgan.
Izoh (0)