Rossiya prezidenti Vladimir Putin Volgogradga Stalingrad nomi qaytarib berilishi mumkinligini istisno qilmadi. Rossiyadagi Ikkinchi jahon urushi faxriylaridan biri davlat rahbariga bunday iltimos bilan murojaat qildi, deya xabar berdi “ITAR-TASS”.
“Qonunlarimizga ko‘ra bu federatsiya va munisipalitet subyektining o‘ziga bog‘liq, — dedi prezident. — Bunday holatda aholi referendum o‘tkazib, qaror qilishi kerak. Aholi nima desa, shuni qilamiz”.
Putin Stalingrad nomini u o‘zgartirmaganini hazilona ta’kidlab, referendum o‘tkazish haqida o‘ylab ko‘rishlarini aytdi.
Izoh (0)