• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston davlat organlarida ijro intizomini nazorat qilishda sun’iy intellekt qo‘llanadi

    O‘zbekiston prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosining nazorati yanada kuchaytiriladi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lum qilinishicha, “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini  yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlarda  ijro intizomini tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari etib  quyidagilar belgilandi:

    • qonunlar, prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning samarali mexanizmlarini joriy qilish;
    • hududlarda islohotlar natijadorligini o‘rganish va ijro intizomini mustahkamlash ishlarini sifatli tashkil etish;
    • davlat organlari va tashkilotlarda ijroni tashkil etishda birinchi rahbarlarning mas’uliyatini oshirish;
    • ijro intizomini nazorat qilish jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish.

    Farmon bilan, Hisob palatasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi, jumladan:

    • qonunlar, prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini o‘rganish bilan birga ularning aholi hamda tadbirkorlar uchun samaradorligini tahlil qilish;
    • ijro intizomini mustahkamlashga, mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga,  prezident tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijalariga erishishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
    • qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.

    2025-yil 1-sentyabrdan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining qisqartiriladigan shtat birliklari hisobidan Hisob palatasiga qo‘shimcha 10 ta boshqaruv shtat birligi ajratiladi.

    Shu sanadan boshlab davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linmalar alohida tuzilma sifatida bevosita birinchi rahbarlar bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. Davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga mas’ul tuzilmasi xodimlarining Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Adliya vazirligida reja-jadval asosida har uch yilda bir marotaba malakasini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

    Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini nazorat qilish bo‘yicha yangi tartib joriy etilishi munosabati bilan Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida O‘zbekiston prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi negizida 20 ta shtat birligidan iborat O‘zbekiston prezidenti va hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi tashkil etiladi. Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini baholash amaliyoti joriy etiladi.

    29 iyul, 11:07   Izoh (0)   1369
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Avgust oyida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

    29 iyul, 10:29

    Andijondagi uyda yuz bergan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

    29 iyul, 09:32

    Namanganda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hududiy nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi 10 ming dollar pora olayotganida ushlandi 

    29 iyul, 09:19

    Istanbuldan Toshkentga uchgan Uzbekistan Airways samolyoti nosozlik sabab ortga qaytdi

    28 iyul, 23:09

    Mashhur bastakor Sultonali Rahmatov 55 yoshida vafot etdi

    28 iyul, 22:38

    Bu yil Andijon viloyati eksportini 1,5 mlrd dollarga yetkazish belgilangan. Reja bajariladimi?

    28 iyul, 22:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 23:48

    Olimlar paratsetamolning kutilmagan xavfi haqida ogohlantirdi

    Dunyo | 25 avgust, 23:40

    Rossiyada migrantlar imtihoniga ayollar bilan muloqot qilish qoidalarini kiritish taklif etildi

    Dunyo | 25 avgust, 23:25

    Polsha prezidenti ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘ydi

    Dunyo | 25 avgust, 23:15

    Britaniyada vertolyot qulashi natijasida uch kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 25 avgust, 23:05

    “AQSH Ukrainaga pul bermaydi”. Tramp urush haqida yangi bayonotlar bilan chiqdi

    Dunyo | 25 avgust, 22:57

    Iordaniya podshohi Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasida bo‘ldi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 22:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.