7-iyun kuni Kiyevda Oliy Rada maxsus majlisida Ukrainaning beshinchi prezidenti inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Euronews.
Unda Pyotr Poroshenko Ukraina “avval ham, hozir ham unitar davlat bo‘lganini, bundan keyin ham shunday bo‘lib qolishi”ni ta’kidlab, federalizatsiya masalasi asossizligini aytdi.
Poroshenkoning qo‘shimcha qilishicha, yagona davlat tili ukrain tili bo‘lishi lozim. “Markazlashmagan hukumatga o‘tish bo‘yicha islohotlar esa joriy yilda boshlanadi”, — dedi u.
Yangi prezident Ukrainada tinchlik o‘rnatib, mamlakat birdamligini ta’minlamoqchi ekanini bildirdi va qo‘liga noqonuniy qurol olganlarni ularni tezroq tushirishga chaqirdi.
U shuningdek, Normandiyada Rossiya rahbariyatiga Qrimning Ukrainada qolishi haqida qat’iy bayonot berganini ma’lum qildi.
O‘zining tantanali nutqida Poroshenko Ukrainaning Yevroittifoq bilan uyushmasi haqidagi bitimning iqtisodiy qismini zudlik bilan imzolashga tayyorligini bildirdi.
Izoh (0)