AQShning Alabama shtatida yashovchi 22 yoshli Linsi Xorn ismli qiz temir yo‘l ustida uxlab qoldi, biroq ustidan poyezd o‘tib ketganidan keyin ham u tirik qoldi. Bu haqda UPI xabar berdi.
4-iyun kuni Xorn temir yo‘l ustida mizg‘ib olishga qaror qiladi. Birozdan so‘ng ikki vagonli yuk poyezdi uning ustidan o‘tib ketadi. Qiz shovqindan uyg‘onib ketganmi yoki uxlashda davom etganmi, noma’lum.Mashinist poyezdni zudlik bilan to‘xtatadi va Xorn uchun tez yordam chaqiradi. Voqea joyiga yetib kelgan mutaxassislar qizning tanasida hech qanday jarohat topmaydi. Har ehtimolga qarshi shifoxonaga yetkazilganidan keyin ham qiz soppa-sog‘ deb tan olinadi. Xornning temir yo‘ldagi joylashuvi va ozg‘in gavdasi uni o‘limdan saqlab qolganligi xulosa qilindi.
Mahalliy politsiya qizning alkogol mastlik holatida bo‘lganini aniqladi. Qizning rels ustidagi uyqusi tovar poyezdi harakatiga xalal bergani tufayli, u bezorilikda ayblandi.
Izoh (0)