Buxoro shahrida tennis bo‘yicha Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF musobaqalari taqvimiga kiruvchi xalqaro turnir yakunlandi. Ushbu nufuzli musobaqada yurtdoshlarimiz bilan birga Gruziya, Rossiya, Turkiya, Ukraina, Qirg‘iziston kabi davlatlardan kelgan tennis ustalari g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Olti kun davom etgan musobaqada tajribali tennischi Oqgul Omonmurodova yakkalik bahslarida qirg‘izistonlik Alina Lazareva, turkiyalik Basak Eroydin, rossiyalik Yekaterina Yashina, yarim finalda ikkinchi raqamda saralangan yana bir o‘zbekistonlik Sabina Sharipovani yengib, finalga chiqdi.
Hal qiluvchi bahsda Oqgul ukrainalik Veronika Kapshay ustidan 6:3, 7:5 hisobida g‘alaba qozonib, turnirning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Turnirning juftlik bahslari o‘zbekistonlik Sabina Sharipova va ukrainalik Veronika Kapshay g‘alabasi bilan yakunlandi.
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
Izoh (0)