Rossiyaning Chelyabinsk mexanika zavodi “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi uchun KS-65717 avtomobil kranlarini yetkazib beradi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Avtomobil IVECO shassisi asosida yasaladi va foydalanish shart-sharoitlaridan kelib chiqib xususiyatlar majmui bilan qo‘shimcha jihozlanadi. Ilk partiya iyun oyi boshida yetkazib beriladi.
Rossiya zavodi matbuot xizmatidagilarning xabar berishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston mashinasozlik korxonalariga ushbu modeldagi kran qurilmalarini jo‘natish rejalashtirilmoqda.
Chelyabinsk mexanika zavodining 50 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega kran qurilmasi o‘ziga xos texnik xususiyatlarga ega bo‘lib, ularni kransozlikdagi yangilik deb atash mumkin. Shu tufayli ushbu zavodning yangi mahsulotiga qiziqish katta.
Izoh (0)