Namangan viloyatida gandbol bo‘yicha 1995—1997-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA.
Unda Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Jizzax va Namangan viloyatlari terma jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdi.
Murosasiz kechgan musobaqa yakuniga ko‘ra, Andijon viloyatining gandbolchi qizlari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Namangan, uchinchi o‘rin esa Samarqand viloyati terma jamoasiga nasib etdi.
Izoh (0)