Faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi hamda Beeline aloqa operatori Xotira va qadrlash kuni arafasida Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari hamda mehnat fronti faxriylarini tabrikladi. Bu haqda Beeline matbuot xizmati xabar berdi.
“Faxriylarni qutlash xalqimizni birlashtiradigan eng yaxshi an’analardan biridir, — deydi “Nuroniy” jamg‘armasi markaziy kengashining raisi Erkin Bakibayev. — Barcha urush qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari va fondimiz nomidan ushbu oliyjanob ishda ishtirok etgan barcha tashkilotlarga minnatdorchilik bildiraman”.
2-maydan 7-maygacha poytaxt va Toshkent viloyatining barcha faxriylari 9-mayga atalgan sovg‘a to‘plamlari va tabriklarni oldi.
“O‘zbekistonning ushbu G‘alabaga qo‘shgan hissasi bebaho, bizning ozodligimizni himoya qilganlar oldida bir umrga qarzdormiz, – deydi Beeline kompaniyasining bosh direktori Aleksandr Vorobyov. – Ham respublika rahbariyati, ham jamiyat tomonidan faxriylarimiz hurmatda bo‘lishi juda quvonarli holatdir. Ta’kidlash joiz, Beeline abonentlari ham urush faxriylariga o‘z tabriklarini yubormoqda”.
Eslatib o‘tamiz, 25-apreldan 10-maygacha Beeline O‘zbekistonning 20 ta shahrida “Polkdoshga qo‘ng‘iroq” aksiyasini o‘tkazmoqda. Aksiya doirasida kompaniyaning 28 ta shaxsiy ofisida uyali so‘zlashuv punktlari ochilgan. U yerdan urush va mehnat fronti faxriylari dunyoning istalgan nuqtasiga bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishi mumkin.